Soliq tizimining ikki muhim bo‘g‘iniga yangi rahbarlar tayinlandi
Poytaxtda noqonuniy tovar aylanmalarining oldini olish, bankdan tashqari pul muomalasini qisqartirish, bozorlar, savdo komplekslari hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashni bartaraf etish, shuningdek, soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish orqali mahalliy byudjyet tushumlarini oshirish maqsadida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Muzaffar Mirzaraximovich Abduraxmanov tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
M.Abduraxmanov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2011 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2016 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasidan boshlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2018 yildan “Toshkent shahar Investitsiyalar, innovatsiyalar, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish boshqarmasi” davlat unitar korxonasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Soliq tizimidagi islohotlar jarayonining yana bir muhim yo‘nalishi bu – soha mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, soliq xizmati organlarini malakali kadrlar bilan ta'minlashdir. Xususan, Toshkent soliq kollejini zamonaviy ta'lim muassasasiga aylantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq, yaqin vaqtlar ichida ushbu kollej respublikamizdagi zamonaviy ta'lim muassasalari qatoridan joy olishi rejalashtirilgan. Bu yo‘lda xorijiy va mahalliy ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanish, shu jumladan, “International House Tashkent” xalqaro akademik litseyi bilan hamkorlikda zamonaviy o‘quv modelini joriy etish va uni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda pirovardida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilingan.
Shu bois InterHouse xalqaro akademik litseyida kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetarlicha bilim va tajriba to‘plagan Firdavs Xasanovich Tillayev Toshkent soliq kolleji direktori etib tayinlandi.
F.Tillayev 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2009 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. U sanoat tarmoqlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
13:50 / 16.08.2022
Tadbirkorlik sub’yektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshib, avvalgi yilga nisbatan 127,8 foizga o‘sdi
12:36 / 01.07.2022
Bekor bo‘layotgan imtiyozlar, yangi subsidiyalar – 1 iyuldan soliq ma’murchiligida nimalar o‘zgardi?
15:30 / 30.06.2022
Sherzod Qudbiyev yosh soliqchilar bilan uchrashuvda DSQda ishlash istagini bildirgan qizni ishga oldi
17:39 / 07.05.2022