Jahon | 07:40 / 11.09.2018
7434
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp terrorchilik xavfi tufayli favqulodda vaziyat tartibini yana bir yilga uzaytirdi

Foto: AFP/ Seth Mcallister

AQSh prezidenti Donald Tramp terrorchilik xavfi mavjudligi tufayli 2001 yil 11 sentabrdagi teraktdan keyin e'lon qilingan favqulodda vaziyat tartibini yana bir yilga uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi. 

“Terrorchilik xavfi hali ham saqlanib qolinayotgani sababli, mamlakatda 2001 yil 14 sentabrda e'lon qilingan favqulodda vaziyat hamda bu holatga qarshi kurashish uchun kiritilgan huquq va vakolatlar 2018 yil 14 sentabrdan keyin ham o‘z kuchida qolishi kerak”, deb aytilgan hujjatda. 

Roppa-rosa 17 yil avval, 2001 yil 11 sentabrda AQShda “Al-Qoida” jangarilari 4 ta yo‘lovchi samolyotini qo‘lga olib, ulardan ikkitasini Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi minoralariga, bittasini esa Pentagon binosiga olib borib urgan. Yana bir samolyot taxminlarga ko‘ra Oq uy yoki Kapitoliyga urilishi kerak bo‘lgan, ammo Shanksvill shahrida yerga qulagan. Terakt oqibatida 2974 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi bedarak yo‘qolgan.

Mavzuga oid