Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ta'lim jamg‘armasi Qirg‘izistonda o‘z ishini boshlaydi
Foto: Anadolu
Turkiya ta'lim jamg‘armasi (TMV) yaqin orada Qirg‘izistonda o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Chingiz Komil Firat ma'lum qildi.
Firat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Qirg‘izistonga 3 kunlik tashrifi bo‘yicha matbuot anjuman o‘tkazgan. Uning anjumanda aytishicha, Anqara va Bishkekning munosabatlari ikki turkiyzabon davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga imkon beruvchi yangi bosqichga o‘tmoqda.
Firat ta'lim jamg‘armasi Qirg‘izistondagi faoliyatining 1-bosqichida Bishkekda o‘z maktabini ochishini ma'lum qilgan.
“Biz Turkiya ta'lim jamg‘armasi maktablari kelgusida Qirg‘izistonning barcha hududlarida faoliyat yuritishini istaymiz. Rejalarda yangi ta'lim muassasalarini ochish hamda Sebat maktablari tarmog‘i asosida ta'lim jarayonini kengaytirishni tashkillashtirish bor”, deb aytgan Firat.
Turkiya elchisi turk maktablari Qirg‘iziston ta'lim vazirligi dasturlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026