Yangi öquv yilidan Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarga sifatli bilim beriş, nazariya va amaliyotni birga olib boriş  borasida yangi texnologiyalar joriy etildi.

Institut negizida öquv-simulyatsion laboratoriya taşkil etildi. Markaz oçilişiga bağişlangan tadbirda institut rektori A. Madazimov sözladi.

Şifokorning mahorati nazariya orqali emas, faqat amaliyotda öz bahosini topadi. Markaz uçun alohida xonalar ajratilib, byudjyetdan taşqari mablağlar asosida talab darajasida ta'mirlandi. Eng sönggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar, öquv jihozlari keltirildi.

– Köp funksiyali markazning Andijonda oçilgani ta'lim tizimiga, kadrlar salohiyatiga ijobiy ta'sir körsatadi,  –  dedi  “Tibbiyotda simulyatsion öqitiş jamiyatlari Rossiya kengaşi” eksperti Aleksandr Çindyasov. – Kelgusida institut talabalari, mutaxassis-öqituvçilarini xalqaro tajribalar asosida öqitişga kelişib oldik.

“Tibbiy ta'limni rivojlantiriş Yevropa assotsiatsiyasi” (Praga) va “Tibbiyotda simulyatsion öqitiş jamiyatlari” (Rossiya)ning uslubiy tavsiyalari, amaliy yordamlari bilan taşkil etilgan laboratoriya talabalarning amaliy tayyorgarligi va uni baholaş tizimini amalga oşiradi. 

Ta'lim sifatini oşirişda simulyatsion öqitiş bir qança ustuvor yönalişlarga ega. Takrorlaş va köp marotaba kuzatiş, imitatsion va virtual trening, bemor bilan işlaş davriga qadar amaliy tajribaga ega böliş imkoniyatlari oşadi.  Aqlli robot amaliy könikma beribgina qolmay, bilim darajasini aniq, xolis tahlil qiladi.

Pult-nazorat markazida talabalar tengdoşlari tomonidan  bemorni köriş, ular bilan muloqot qiliş, tavsiyalar beriş amaliyoti qay darajada bajarilayotganini virtual kuzatadilar.