Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple saytida rasmiy taqdimot oldidan yangi iPhone’lar haqida ma'lumot paydo bo‘ldi
Apple yangi qurilmalarini taqdim qilishiga bir necha soat qolganda ushbu qurilmalarning ba'zi ko‘rsatkichlarini oshkor qilib, o‘z sayti sahifalarini yangiladi. Bu haqda dastlab AllThings.How, so‘ngra The Verge ma'lum qilgan.
Yangilangan sahifaga ko‘ra, Apple yangi iPhone’ning XS, XS Max va XR deb nomlangan versiyalarini taqdim qiladi. XS-versiyada 5,8 dyuymli, XS Max va XR-versiyalarda esa 6,5 dyuymli ekran bo‘ladi. Ular 64, 256 va 512 Gb hajmga ega ichki xotiralar bilan sotuvga chiqadi. XS-versiyalar qora, kumushrang va tillaranglarda taqdim qilinadi. XR-versiya esa 6 ta: qora, oq, qizil, sariq, ko‘k va korall ranglarda chiqariladi.

12 sentabrda Toshkent vaqti bilan soat 22.00da Apple taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone X’ning tezroq ishlovchi protsessorli va yaxshilangan kamerali yangi versiyasini taqdim qiladi.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026