Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orlovskdagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi
Rossiya Federatsiyasi Orlovsk oblasti Orlovsk tumani hududida sodir bo‘lgan YTH oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
2018 yilning 11 sentabr kuni soat 07:15da Orlovsk oblasti Orlovsk tumanining M-2 «Qrim» avtoyo‘lining 322-kilometrida 403-yo‘nalishda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobus bilan DEU «Neksiya» rusumli yengil avtomobilning to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida voqea joyida DEU «Neksiya» avtomobilida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi FVV, IIV, TIV va Rossiya Federatsiyasining FVV bilan olib borilgan tadbirlari natijasida DEU «Neksiya» rusumli avtotransportda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi aniqlandi.
Vafot etganlar:
1. Raxmonov Moxmirza Oymirzayevich 1986 t. – Andijon viloyati, Izboskan tumani, Guliston Chek ko‘chasi, 25 uyda istiqomat qilgan.
2. Gaziyeva Malikaxon Xabibulayevna 1983 y.t. – Andijon shahri, Qo‘shariq dahasi, 91 uy, 15 xonadonida istiqomat qilgan.
Vafot etganlar Mtsensk markaziy shifoxonasida saqlanmoqda.
Jarohatlangan:
1. Urinboyev Komoliddin Muklimenovich 1989 y.t. – Andijon viloyati Jalaquduq tumani, Oq echki ko‘chasida istiqomat qiladi (DEU «Neksiya» avtomobili haydovchisi), Mtsensk markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:42 / 13.04.2026
2026 yil uch oyida «avariyalar»ning 31 foizi o‘lim bilan yakunlangani ma’lum bo‘ldi
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026