Osiyo taraqqiyot banki “O‘zbekneftgaz”ga ko‘mak ko‘rsatishi mumkin
Joriy yilning 10 sentabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJning bosh ofisida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekneftgaz AJda korporativ o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida OTB tomonidan texnik yordam ko‘rsatilish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yordamning bir qismi sifatida OTB tomonidan maslahatchilarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Ular yetakchi neft va gaz kompaniyalari bilan zarur tadqiqotlar va taqqoslash ishlari olib boradilar, va so‘ngra hisobot va tavsiyalar beradilar.
Uchrashuvda OTBning “O‘zbekiston Respublikasining gazni uzatish tizimini texnik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi”ni moliyalashtirishdagi ishtiroki muhokama qilindi.
Ushbu Dastur bo‘yicha OTB vakillari Dasturning asosiy texnik parametrlari, rejalashtirilgan tadbirlar va amalga oshirish muddatlarini o‘z ichiga olgan taqdimot materiallari bilan ta'minlandilar.
OTB vakillarining gaz transport tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishiga sabab, loyihaning amalga oshirilishi Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish imkonini beradi, bu esa OTB siyosatida aks etgan.
Uchrashuv davomida loyihani moliyalashtirishdagi dastlabki shartlar e'lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprelida ushbu loyiha bo‘yicha zarur ma'lumotlarni almashish maqsadida tomonlar “Maxfiylik to‘g‘risidagi bitim”ni imzolagan edilar.
Mavzuga oid
21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi
09:30 / 20.09.2024
OTB O‘zbekistonda mikrokorxonalarni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024