Iqtisodiyot | 21:31 / 12.09.2018
4673
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Amerika biznes haftaligini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida AQSh davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-AQSh kun tartibidagi masalalar, shuningdek, O‘zbekistonda Amerika biznes haftaligini o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Brayan MakFiters 12 sentabr kuni Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

“Suhbatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-17-may kunlari AQShga qilgan rasmiy tashrifi va prezident Donald Tramp bilan o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarining hozirgi holati va ularni oshirishning istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi”, - deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2018 yilning 8 oyi davomida o‘zaro savdo aylanmasi deyarli 300 mln dollarni tashkil etdi. 2017 yil bo‘yi esa bu ko‘rsatkich 210,2 mln dollarga teng bo‘lgan edi. Shu bilan birga mazkur sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada oshirish uchun sezilarli salohiyatning mavjudligi e'tirof etildi va bunga ikki tomonda ham qiziqish borligi ta'kidlandi.

Suhbatda shuningdek, AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Mavzuga oid