Joriy yilning 3 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qöşma Ştatlari Favqulodda va muxtor elçisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Suhbat davomida Özbekiston-AQŞ munosabatlarining joriy masalalari, şuningdek, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17-may kunlari AQŞga rasmiy taşrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtayi-nazaridan özaro aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi», deyiladi xabar matnida.
Ma'lum qilinişiça, uçraşuvda ikki tomonlama bölajak tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi.
Eslatib ötamiz, AQŞning Özbekistondagi elçisi tez orada öz missiyasini yakunlab, uning örniga yangi elçi faoliyatini boşlaşi kutilmoqda.
Oq uy axborotiga köra, Prezidenti Donald Tramp Davlat departamenti kotib yordamçisining örinbosari Deniyel Rozenblyumni uşbu lavozimga tavsiya etgan.
















