2018 yilning 18 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev TIVda Amerika Qöşma Ştatlari favqulodda va muxtor elçisi Pamela Leora Spratlen bilan uçraşdi.
Suhbat çoğida Afğoniston böyiça xalqaro konferensiya yakunlariga köra 2018-yil 27-martda qabul qilingan Toşkent deklaratsiyasini amalga oşiriş nuqtayi nazaridan Özbekiston va AQŞ hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uçraşuvda Özbekiston – AQŞ kun tartibining boşqa masalalari ham körib çiqildi.
















