Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 kishining o‘limiga olib kelgan yong‘inni uyushtirgan xitoylikka o‘lim jazosi berildi
Xitoyning Tsin'yuan shahri xalq sudi qarori bilan karaoke-barda 18 kishining o‘limiga olib yong‘inni uyushtirgan Lyu Chunlu ismli sudlanuvchi o‘lim jazosiga mahkum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, u shuningdek umrining oxirigacha barcha siyosiy huquqlardan mahrum etilgan.
Sudlanuvchining aytishicha, u 23 aprel kechki payt do‘stlari bilan Inde shahridagi (Guandun viloyati) karaoke-barga kelgan. U ofitsiant ayoldan shilqimlik uchun dakki eshitgach va shu barda muvaffaqiyatsiz yakunlangan uchrashuvdan achchiqlanib, barchaga barga o‘t qo‘yishini aytgan.
U 24 aprelga o‘tar kechasi soat 00:30da bar oldiga qo‘yilgan mototsikli yonilg‘i shlangini yechib olib, yonilg‘i bakida katta miqdorda bo‘lgan yonilg‘ini yerga to‘kkan. So‘ngra u yondirgich yordamida yonilg‘iga o‘t qo‘ygan. Alanga qisqa fursatda bino xolliga, kirish eshigi va yon-atrofdagi mototsikllargacha yetib borgan.
Yong‘in oqibatida barning 2- va 3-qavatida bo‘lgan 18 kishi tashqariga chiqa olmay, is gazidan bo‘g‘ilib halok bo‘lgan. 4 kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib qolingan. Jinoyatchi shu kuni soat 10:00da qo‘lga olinib, odil sudlov ixtiyoriga topshirilgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026