Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda ishga yollash haqidagi e'lonlarda jins va millatni ko‘rsatish taqiqlandi
BAA hududida ishlovchi kompaniyalarga ishga yollash haqidagi e'lonlarda ishga olinadigan nomzodlarning jinsi, irqi va millatini ko‘rsatish taqiqlandi, chunki hukumat bunday talablarni tahqirlash deb hisoblamoqda.
Bunday ogohlantirishni BAAning kadrlar va amirlikka moslashtirish bo‘yicha vazirligi tarqatgan. Vazirlik ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra nomzodlarni ishga joylashishga da'vogarlar ro‘yxatidan istisno qiluvchi har qanday reklamani qoralashini ta'kidlab o‘tgan. “Bunday noxolis yondashuvga e'lonlarda ham, BAA jamiyatida ham o‘rin yo‘q”, deb aytilgan vazirlikda.
Bunday qaror qabul qilinishiga bolalar bog‘chasining e'loni sabab bo‘lgan. Bog‘cha ma'muriyati “yevropacha ko‘rinishga ega va oq tanli” ingliz tili o‘qituvchisini izlagan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu e'lonni qoralab, bolalar bog‘chasi ma'muriyatini tanqid ostiga olishgan.
BAAda 2015 yilda qabul qilingan “Tahqirlash va adovatga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun amal qiladi. Unga ko‘ra diniy, irqiy va milliy alomatlarga ko‘ra tahqirlash jinoyat hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev: BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim
20:00 / 17.05.2026