Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Eksimbanki O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 15 mln dollar ajratadi
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Forum ishida Investitsion rivojlanish agentligi (Malaysian Investment Development Authority — MIDA), Standartlar departamenti, Malayziya Markaziy banki (Negara Bank), Malayziya Eksimbanki, SMITA rahbariyati, shuningdek, 20dan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi, deya xabar beradi «Jahon» AA.
Muzokaralarda O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar, keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, mamlakatning savdo-iqtisodiy salohiyati haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi.
Tadbir yakunida Malayziya ishbilarmon doiralarining Xorazm viloyatiga tashrifini tashkil etish haqidagi kelishuvga erishildi. Uning davomida salohiyat va investitsiya loyihalari o‘rganiladi.
Forum doirasida Malayziya Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratildi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026