09:31 / 13.09.2018
13070

Nurmagomedov va Makgregorning matbuot anjumani sanasi ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

UFC rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jangdan avval tashkil etiladigan matbuot anjumanining aniq sanasini ma'lum qildi.

UFC matbuot xizmati xabariga ko‘ra, matbuot anjumani 20 sentabr kuni sharqiy vaqt bilan soat 5 (21 sentabr Toshkent vaqti bilan 02:00)da bo‘lib o‘tadi.

Nurmagomedov – Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Nurmagomedov uchun bu jang aprel oyida amerikalik El Yakvinta ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritilgan chempionlik kamarini himoya qiladigan birinchi bellashuvga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregordan hayiqayotgan murabbiyiga murojaat bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top