Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyada vakolatxonasini ochdi
Janubiy Koreyaning Kvandju shahrida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Kvandju shahar hokimi Li Yong Sup, vazir Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Koreya Respublikasidagi o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etishdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur vakolatxona Agentlikning xorijda tashkil etilgan dastlabki qarorgohidir. Ushbu vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 28 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining xorijiy vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida”gi 3743-sonli qaroriga muvofiq ochildi. Marosim avvalida Sherzod Kudbiyev u yerga yig‘ilgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida vazir Sherzod Kudbiyev yoshlar tomonidan berilgan turli masalalardagi savollarga tegishlicha javob qaytardi. Shuningdek, vazir tadbir qatnashchilariga ushbu vakolatxona zimmasida ulkan vazifalar turganligi, bu vazifalar, birinchi navbatda, Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va ularni doimo qo‘llab-quvvatlashdan iboratligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Vazir bilan uchrashgan yoshlar orasida ko‘plab ish izlovchilar ham bo‘lib, shu yerning o‘zida ularga amaliy yordam ko‘rsatilib, kerakli taklif va maslahatlar berildi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:05 / 24.04.2026