Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importiga talablar kuchaytirildi
Turkiyaning Bursa hududidan olib kelinadigan pomidor va qalampir urug‘lari uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi tomonidan Turkiyaning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha vakolatli organiga Bursa hududidan olib kelinadigan pomidor va qalampir urug‘lari uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatilgani haqida xabar qilingach, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi so‘roviga muvofiq Yevropa va O‘rta Yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi tashkilotining RM-5/8 standartiga asosan fitosanitar toza pomidor va qalampir urug‘lari yetishtirayotgan korxonalar hamda ularning manzillari ro‘yxatini taqdim etdi.
Shuningdek, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi mazkur davlatdan pomidor va qalampir urug‘larini eksport uchun yuklash jarayonida O‘zbekiston tomonidan qo‘yilgan fitosanitar talablar asosida ishlar tashkil etilishini ma'lum qildi.
Shunga asosan, Turkiyadan O‘zbekiston hududiga olib kirilishi rejalashtirilayotgan pomidor va qalampir urug‘lari importida «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi tomonidan quyidagi qat'iy chora-tadbirlar ko‘riladi:
- pomidor va qalampir urug‘lari uchun import karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirish jarayonida ro‘yxatdagi korxonalar va ularning ishlab chiqarish manzillariga qat'iy e'tibor qaratish;
- pomidor va qalampir urug‘larini import qilish jarayonining bojxona rasmiylashtiruvi davomida import karantin ruxsatnomasida qayd etilgan ko‘rsatkichlar va boshqa fitosanitar talablar bo‘yicha nazorat choralarini kuchaytirish;
- fitosanitar talablar asosida pomidor va qalampir urug‘larini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish.
«Turkiya davlatidan O‘zbekiston Respublikasiga pomidor va qalampir urug‘larini import qilishni rejalashtirishdan oldin yuqorida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi. Shu bilan bir qatorda, ekish materiallari, ko‘chat hamda urug‘liklarni respublikamiz hududiga olib kelish jarayonida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini oldindan xabardor qilishingiz maqsadga muvofiq. Chunki import jarayonida belgilangan talablarga rioya etilmasa, mahsulotlar chegara nazorat punktlaridan ortga qaytarilishi mumkin», deyiladi «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16
-
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
Jahon | 23:09
-
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin
Jahon | 23:08
-
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi
Jahon | 22:13
Mavzuga oid

20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi

22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi

19:29 / 03.06.2024
Qozog‘iston «xavfli virus» sababli 4 tonna pomidorni O‘zbekistonga qaytardi

08:04 / 01.11.2023