Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘ygan cheklovlarini bekor qildi
Rosselxoznadzor 9 davlatdan Rossiyaga sabzavot olib kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi.
Foto: Kun.uz
Rosselxoznadzor (Rossiya Veterinariya nazorati va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati) 5 martdan boshlab Rossiya hududiga 9 ta davlatdan sabzavot olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.
Xususan, Armaniston va Ozarboyjondan pomidor, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondan pomidor va qalampir, Misrdan kartoshka, Turkiyadan pomidor, qalampir, qovoq va baqlajon olib kirishga qo‘yilgan taqiq olib tashlangan.
«Ushbu qaror mamlakatlardagi o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha milliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va YeOII a’zo davlatlarining fitosanitariya talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar tahlili asosida qabul qilindi», deyiladi tashkilot xabarida.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 26 noyabrida «pomidor jigarrang bujmayish virusi» sababli O‘zbekistonning ayrim hududlariga Rossiya tomonidan vaqtinchalik taqiq joriy etilgandi. O‘tgan davr mobaynida esa korxonalar kesimida ushbu cheklovlarning bir qismi bekor qilingandi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
14:45 / 02.03.2026
Belgiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘lga oldi
09:06 / 02.03.2026
Rossiya Xersonni o‘qqa tutdi: halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor
20:01 / 01.03.2026