«2021 yilning 13 va 20 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmati (Rosselxoznadzor) rasmiy veb-saytida ketma-ket ravişda Özbekiston Respublikasining Buxoro hamda Toşkent viloyatida yetiştirilgan pomidor va qalampir mahsulotlarida «Pomidor jigarrang bujmayiş virusi» - (Tomato brown fruit virus) va «Pepino mozaikasi virusi» (Pepino mosaic virus) kasalligi aniqlanganligi bois, ularning Rossiya Federatsiyasiga olib kirilişi uçun vaqtinçalik taqiq qöyilgani töğrisida xabarlar e'lon qilindi.

Mazkur vaqtinçalik çeklov va uni bartaraf etiş yuzasidan Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda «Rosselxoznadzor» örtasida onlayn muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralar natijalariga köra, Buxoro hamda Toşkent viloyatlarining pomidor va qalampir mahsulotlari yetiştiruvçilari röyxati qayta şakllantirilib, Rossiya tomoni bilan hamkorlikda videoinspeksiya ötkazilişiga kelişildi hamda uning natijasi asosida Rossiya Federatsiyasiga pomidor va qalampir mahsulotlarini eksport qilişi ruxsat etilgan issiqxona hamda dala maydonlarining röyxati tasdiqlanişi belgilandi», deyiladi munosabatda.

Şu asosda Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Buxoro hamda Toşkent viloyatlaridan Rossiya Federatsiyasiga pomidor va qalampir mahsulotlarini eksport qiluvçi issiqxonalarda örganişlar hamda nazoratni kuçaytiriş böyiça çoralar körilmoqda.

«Şu örinda ta'kidlaş joizki, pomidor va qalampir mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibidagi boşqa davlatlarga eksport qilişda belgilangan fitosanitariya talablariga qat'iy rioya etiş, jumladan, mahsulotlarni faqatgina Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan fitosanitar holati nazoratdan ötkazilgan xöjaliklardan yuklaş, nazoratdan ötkazilmagan hududdan mahsulot yuklaş holatlarida esa, bu haqda ösimliklar karantini davlat inspektorlariga xabar beriş lozim.

Barça pomidor va qalampir mahsulotlarini yetiştiruvçilar hamda eksport qiluvçilar virusdan xoli mahsulotlarni yetiştiriş va eksportga yuklaş maqsadida quyidagilarni taşkil etişlari maqsadga muvofiq:

  • barça issiqxonalar va dalalarning özida namunalarni hududiy inspektorlar orqali örnatilgan tartibda markaziy karantin laboratoriyasi orqali polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) tekşiruvidan ötkaziş;
  • eksportyorlar mahsulotlarni eksportga yuklaşdan oldin uning virusdan xoli ekanligini aniqlaş maqsadida pomidor yetiştirilgan hududlarning fitosanitar tozaligi töğrisida PZR tekşiruvi xulosalari olinganligini issiqxona xodimidan söraşi;
  • pomidor va qalampir yetiştiruvçilar köçatlarni ekişdan oldin, köçat yetiştiruvçilar esa uruğlarni ekişdan oldin PZR analizidan ötkazişlari;