Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashnobod» innovatsion texnoparki Toshkent shahar hokimligidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufiga o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida»gi 2018 yil 11 sentabrdagi №721-sonli qarori qabul qilindi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, «Yashnobod» innovatsion texnoparki direksiyasi» Davlat unitar korxonasi Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilmoqda va vazirlik texnopark direksiyasi ta'sischisi etib belgilanmoqda.
Innovatsion texnopark tuzilmasida ikki oy muddat ichida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun biznes inkubator tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazi tuzilmasida yuqori texnologiyali kichik kompaniyalar uchun mavjud infratuzilma, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator etishi belgilandi.
Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlari 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq va yagona soliq to‘lovidan, shuningdek, xorijdan keltiriladigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, reaktivlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilmoqda.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025