Jahon | 07:22 / 14.09.2018
3275
2 daqiqa o‘qiladi

Filippinda «Mangxut» to‘foni sababli 800 mingdan ko‘proq kishi evakuatsiya qilinadi

Foto: UNTV

Filippinning bir nechta viloyatida borgan sari kuchayayotgan “Mangxut” to‘foni sababli 800 mingdan ko‘proq kishi evakuatsiya qilinadi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Filippinning falokatlar xavfini kamaytirish milliy kengashi (NDRRMC) vakili Edgar Posadasning aytishicha, ayni vaqtda tabiiy ofat avjga chiqadigan hududlarda evakuatsiya o‘tkazilmoqda.  

Ma'lum qilinishicha, gap Kagayan, Isabela, Apayao, Abra, Ifugao, Janubiy Ilokos, Shimoliy Ilokos va Tog‘li viloyatlaridagi 824 mingga yaqin kishini evakuatsiya qilish haqida bormoqda.

Hukumat to‘fon jiddiy vayrongarchiliklarga sabab bo‘lishi va toshqin hamda ko‘chkilar keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidlagan holda u yopiriladigan hududlarda bo‘lganlarni evakuatsiya markazlarida yashirinishga chaqirgan.

“Mangxut” Filippinga 12 sentabrda yaqinlashgan. U 15 sentabrda maksimal kuchayishi kutilmoqda. “Mangxut” shamolining maksimal tezligi soatiga 270 kmni tashkil qilib, superto‘fon sifatida tasniflangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid