O‘zbekiston | 18:01 / 14.09.2018
2418
2 daqiqa o‘qiladi

Kinoprokat tizimini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

Foto: Fotolia

“O‘zbekkino” Milliy agentligining 2018 yil 11 sentabrdagi 210a-sonli buyrug‘iga asosan Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta'minlashga yo‘naltirilgan kinoprokat tizimini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra:

kinoprokat tizimidagi barcha kinoteatrlarni milliy va xorijiy filmlar bilan ta'minlash markazlashgan holda Respublika kinoprokat markazi tomonidan amalga oshiriladi;

“Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining saqlovida bo‘lgan, davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan filmlar nusxasi Respublika kinoprokat markazining buyurtmasiga asosan kinoprokat tizimidagi kinoteatrlarda namoyish qilish uchun berib boriladi;

kinoprokat tizimiga kiruvchi barcha kinoteatrlarda filmlar namoyishini tashkil etish xususiy kinoishlab chiqaruvchilar (studiyalar) va distribyuterlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida Respublika kinoprokat markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Kinoprokat tizimiga kiruvchi Agentlik tizimidagi kinoteatrlarda Respublika kinoprokat markazi bilan prokat shartnomalari tuzilmagan
va repertuar rejaga kiritilmagan filmlar namoyishini amalga oshirish mumkin emas.  

Shuningdek, ushbu buyruqqa asosan kinoprokat tizimidagi “Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi”ga (Toshkent shahri) va “Sharq yulduzi kinoteatri”ga (Samarqand shahri), “Alisher Navoiy nomli kinoteatr” (Farg‘ona shahri) qarashli bo‘lgan kinoafisha stendlari yagona repertuar siyosati yuritilishini ta'minlash uchun operativ boshqaruv asosida Respublika kinoprokat markazi ixtiyoriga o‘tkaziladi;

“Respublika kinoprokat markazi” bir oy muddatda barcha kinoafisha stendlarini zamonaviy elektron stendlarga bosqichma-bosqich almashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiraladi;

Shu bilan birga, tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali kinoprokat elektron tarmog‘iga ulanadi va ularda elektron kinochiptalarni yuritish avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid