Jahon | 14:35 / 14.09.2018
13217
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada rossiyalik ikki josus qo‘lga olingan - OAV

Foto: Ben Stansall/AFP

Niderlandiya hududida rossiyalik ikki nafar josus qo‘lga olindi, ular o‘z vataniga yuborilgan. Bu haqda NRC Handelsblad xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu holat 2018 yilning boshida yuz bergan. Biroq, OAV ro‘y bergan hodisani faqatgina sentabr oyida bilib qolgan. Rossiyalik josuslar qachon qo‘lga olinganiga aniqlik kiritilmayapti.

Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, josuslar Shpits shahrida joylashgan Shveytsariya laboratoriyasiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. U Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bilan bog‘liq holatni tekshiruv o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Skripallar tufayli Rossiyaga juda qattiq sanksiyalarni va'da qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid