UFC jangchisi 2044 yilgacha sportdan chetlatildi
Aralash yo‘nalish bo‘yicha italiyalik jangchi, Mutlaq jangchilar chempionatida (UFC) ishtirok etuvchi Mara Borella dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun 26 yilga chetlashtirildi. Bu haqda MMA Today xabar bermoqda.
Italiya dopingga qarshi agentligi Borellani sportdan 26 yilga chetlashtirdi. 32 yoshli sportchi uchun taqiq faqatgina 2044 yilda o‘z yakuniga yetadi. Italiyalik jangchi taqiqlangan moddalarni tarqatganlikda aybdor deb topildi.
2012 yilda Borella marixuana va kokain tarqatish hamda sotish bilan bog‘liq jinoiy ishga aralashib qoldi. Tergov ma'lumotiga ko‘ra, sportchi giyohvand moddalarni MMA bilan shug‘ullangan zalda sotgan.
Italiyalik jangchi UFC shafeligidagi so‘nggi jangini 2018 yilning yanvar oyida o‘tkazgan. O‘shanda u amerikalik Ketlin Chukagyanga mag‘lub bo‘ldi. Borella professional faoliyatida 12 g‘alabaga erishgan va besh marta mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC mashhur jangchisi g‘orda cho‘kib ketishiga bir baxya qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023
UFC 294. Xamzat Chimayev Kamaru Usmanni mag‘lubiyatga uchratdi, Islam Maxachev 1-raunddayoq Volkanovskini nokautga uchratdi
21:45 / 08.04.2023