Mutlaq jangçilar çempionatida (UFC) yarim örta vazn toifasida iştirok etuvçi amerikalik jangçi Donald Serrone sportning ekstremal turlariga bölgan qiziqişi tufayli hayotdan köz yumişiga bir baxya qoldi.
Sportçining instagramdagi sahifasida yozişiça, suvga muvaffaqiyatsiz sakraş uning uçun oxirgisiga aylanişi mumkin edi.
«Bugun tirik qolganimdan xursand ekanim haqida rost aytişim mumkin. Suvga sakraş vaqtida barça ehtimoliy vaziyatlardan eng yomoni yuz berdi.
Loyqa kötarildi, men ğorda özimni va döstimni yöqotib qöydim, hattoki öz qöllarimni ham köra olmadim, bu hayotimdagi eng qörqinçli lahza edi.
Öğlimni, rafiqamni esladim, ularga xavotir olmasdan ötirişlari haqida tayinlaganimni yodga oldim! Men buni boşimdan ötkazdim va uyga qaytmoqdaman!» - deyiladi xabarda.













