Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgdagi yong‘in oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘ldi, yana 4 o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizildi
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 15 sentabr kuni soat 00:40da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumani Gluxoozersk ko‘chasi 11-uydagi angarda yong‘in sodir bo‘lgan.
Angardan 5 kishi evkuatsiya qilinib, tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan yordam ko‘rsatilgan. Ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun I.I.Janelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga joylashtirilgan. Tez yordam avtomobilida shifoxonaga olib ketilayotganda jabrlanuvchilardan biri halok bo‘lgan.
FVV matbuot xizmati xabar berishicha, halok bo‘lgan va jabrlanganlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vzairligi va Rosssiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida olib borilgan tadbirlar natijasida halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan.
Vafot etgan:
Sultanov D.N, 1983 y.t. (Yekaterininsk ko‘chasi 10-uy sud-tibbiyot ekspertizasi morgiga joylashtirilgan)
Jabrlanganlar:
- Sultanov X.U. 1997 y.t.,
- Muxtarov M.Yu. 1978 y.t.,
- Ismailov Sh. 1995 y.t.,
- Churagolov M.Z. 1988 y.t.,
Jabrlanganlar I.I.Janelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga is gazidan zaharlanish tashxisi bilan (hozirda barchasining ahvoli qoniqarli) joylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026