Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘t o‘chiruvchilar Namangandagi uydan 12 kishini qutqarishdi
Namangan shahridagi 4 qavatli uylardan birida yong‘in kelib chiqdi. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar 12 kishini yong‘indan qutqarib olishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, 13 sentabr kuni Namangan shahri 5-mikrorayon hududidagi «Yangi tong» mahallasida joylashgan 19-uyning uchinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in oqibatida uyning 20 kv m maydondagi hududi zararlangan. O‘t o‘chiruvchilar qutqarib olgan 12 kishining biri nogiron, biri chaqaloq va 9 nafari ayollar bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
20:20 / 23.06.2026