Deutsche Bank Londondan 450 mlrd yevrolik aktivlarini olib chiqib ketishi mumkinligi xabar qilindi
Britaniyaning Financial Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Germaniyaning Deutsche Bank banki Brexit sababli Buyuk Britaniya poytaxtidan o‘z saldo balansining to‘rtdan uch qismini olib chiqib ketishi mumkin. FT ma'lumotiga ko‘ra, aktivlarning umumiy qiymati 600 mlrd yevro deb baholanadi, nashr suhbatdoshlarining aytishlaricha, Deutsche Bank Londondan 450 mlrd yevrolik aktivlarini olib chiqib ketishi mumkin.
Nemis bankining Buyuk Britaniyadan aktivlarini olib chiqib ketishi Londonga katta zarba bo‘ladi, deya qayd etmoqda Financial Times. Nashrning ta'kidlashicha, «YeIni tark etayotgan Buyuk Britaniyaning mavhumligi» manzarasida boshqa banklar ham o‘z mablag‘larini mamlakatdan olib chiqib ketishi mumkin.
Nashrning eslatishicha, Yevropa markaziy banki Deutsche Bank’dan Britaniyadagi kapitalini kamaytirib, Germaniyadagi kapitalini oshirishni talab qilgan.
Deutsche Bank va YeMB nashrning bu ma'lumotini izohlamadi.
Avvalroq, 16 sentabr kuni London meri Sodiq Xon Brexit bo‘yicha ikkinchi referendumni o‘tkazish chaqirig‘i bilan chiqqandi. Uning fikricha, bu masala bo‘yicha hal qiluvchi qarorni britaniyaliklar qabul qilishlari lozim.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024