Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaro ulfatining mashinasini shikastlab, yetkazilgan zararni to‘liq qoplashdan bosh tortdi
Navoiy viloyatining Karmana tumanida 2018 yil 13 sentabr kuni “Navro‘z” MFYda yashovchi I.B. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda shu yil 30 aprel kuni I.B. tanishi, Navbahor tumanida yashovchi A.Sh. bilan birga Karmana tumanida joylashgan choyxonada spirtli ichimlik iste'mol qilganligi va I.B. uxlab qolgan vaqtida A.Sh. uning “Neksiya” rusumli avtomashinasini ruxsatsiz haydab olib ketib Navoiy shahrida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urib yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini, A.Sh. avtomashinani ta'mirlatib berishga kelishganligi sababli I.B., IIBga murojaat qilmaganligi va avtomashina ta'mirlanganidan so‘ng, A.Sh. avtomashinaga yetkazilgan moddiy zararning 4 279 000 so‘mini to‘lab, qolgan 11 mln so‘mini to‘lashdan bosh tortayotganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan A.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026