Jahon | 11:15 / 17.09.2018
5606
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Turkiya bilan butun chegara bo‘ylab chegarachilarni joylashtiradi

Foto: AFP/ Ahmad AL-Rubaye

Iroq milliy xavfsizlik kengashi mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni va bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan yig‘ilishda Turkiya bilan butun chegara bo‘ylab chegara kuchlarini joylashtirishga qaror qildi. Bu haqda Iroq bosh vaziri bayonotida aytilgan.
   
Bayonotda aytilishicha, milliy xavfsizlik kengashi bu qarorni chegarani himoya qilish va har qanday qoidabuzarlikka qarshi turish maqsadida qabul qilgan.

Hujjatga ko‘ra, Iroq tashqi ishlar vazirligi BMTda Turkiya tomonidan Iroq havo hududi buzilayotganini tasdiqlash uchun barcha choralarni ko‘radi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid