Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krishtianu Ronaldu: «Gol ura olmayotganim haqidagi gaplardan biroz jig‘ibiyron bo‘layozgandim»
Foto: JuventusFC
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Sassuolo»ga qarshi kechgan uchrashuv (2:1) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik futbolchi ushbu o‘yinda A Seriyadagi ilk golini kiritibgina qolmay, ilk dublini ham rasmiylashtirdi.
«Men haqiqatan ham juda xursandman. O‘yinni yaxshi boshladik. «Sassuolo» tuzuk himoyalandi, ammo biz keskin va tezkor o‘yin namoyish etib, haqli g‘alabaga erishdik.
Bu ilk gollarimni urishni rosa xohlayotgan edim. Darvozani ishg‘ol eta olganimdan mamnunman», - dedi Ronaldu.
Hujumchi urgan gollaridan tashqari ham yana bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgani, biroq ulardan foydalana olmaganiga quyidagicha izoh berdi.
«Bu – futbol. Muhimi – jamoaning g‘alabasi. «Real» dan ketishim bilan bog‘liq gap-so‘zlardan keyin, qolaversa, mendan ko‘p narsa kutayotganliklariga qaramay gol ura olmayotganim uchun biroz toqatsizlik paydo bo‘la boshlagandi. Shunday vaziyatda meni qo‘llab turgan jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
Men yetarlicha mehnat qilayotganimni bilardim. Gol urishim faqat vaqtning hukmida edi. Italyan futboliga yaxshi moslashib ketyapman», - dedi Krishtianu.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025