O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi trendda!
Bugungi kunda tashqi va ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy mehmonlar, mahalliy aholi va ayniqsa, yoshlarni xalqimizning bebaho madaniy-tarixiy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2018 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqdi. Mazkur qarorni ijrosi yuzasidan KUN.UZ tahririyati jurnalistlari O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi direktori tarix fanlari nomzodi Mirzoraximov Abbosjon Shodmonovich bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Direktor bilan suhbatda muzeyda joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, muzeyning moliyaviy ahvolini yaxshilash, xorijiy va mahalliy sayyohlarni qiziqishini orttirish va boshqa mavzular yuzasidan muloqot qilindi.
Muxbir: Abbosjon Shodmonovich, ayting-chi Prezident qarorida Siz rahbarlik qilayotgan muzey “Renovatsiya dasturi”ga kiritilibdi. Renovatsiya dasturi bo‘yicha nima ishlarni rejalashtirmoqdasiz?
“Biz muzeyimizda yurtboshimizni qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Jumladan, joriy yilning 14 sentabr kuni muzeyimizning “Zargarlik buyumlari” zalida “Media content” kompaniyasining Sensor qoplama innovatsion uskunasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur texnologiya Jahon muzeylari ichida dastlab Rossiya Federatsiyasida, ikkinchi bo‘lib esa O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida qo‘llanildi.
Muxbir: Ayting-chi, xorijiy sayyohlar uchun muzeyda qanday imkoniyatlar yaratilgan?
“Xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha bir qator ishlarni olib bordik. Jumladan, O‘zbekistondagi deyarli barcha sayyohlik firmalari rahbar hamda xodimlarini muzeyga taklif qilib, muzeyda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdik va ular bilan shartnoma imzoladik. Birinchi navbatdan “jonli muzey” g‘oyasini ilgari surgan holda
-hunarmandchilikning kulolchilik, zargarlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy mahorat darslari;
-o‘zbek mumtoz kuy-qo‘shiqlari va milliy folklor o‘yinlarini doimiy namoyishi yo‘lga qo‘yildi;
- sayyohlarni muzeyga tashrifini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida ish vaqtini grafik asosida soat 8.00 dan 20.00 gacha uzaytirildi.
- shuningdek, doimiy ravishda muzey ekspozitsiya zallarini yangilash, ko‘rgazmalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi, jumladan 2018 yilning 13 sentabr kuni muzey o‘zining qator islohotlari va madaniy-ma'rifiy tadbirlariga start berdi:
- Muzey yangi ekspozitsiya zallarining ochilishi;
- Toshkent an'anaviy kulolchilik maktabi davomchilari Turopovlar sulolasi vakillarining ko‘rgazmasi;
- “Media content” kompaniyasining Sensor qoplama innovatsion uskunasi taqdimoti;
- O‘tov ko‘rgazmasi va hunarmandlar ko‘rgazma yarmarkasi;
Muxbir: Prezidentimiz tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan qarorga muvofiq mahalliy sayyohlarni jalb qilishda qanday ishlar olib bormoqdasiz?
Mahalliy aholini jalb qilishda qator vazirlik va idoralarga murojaat xati yuborganmiz. Unda biz ularga muzeyimiz to‘g‘risida chop etilgan kitoblar va bukletlar sovg‘a qildik. Mazkur murojaatimizga asosan Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi va Bosh prokuraturaning xodimlari jamoaviy va oilaviy bo‘lib tashrif buyurishdi.
Shuningdek muzeyning barcha xodimlari Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining tarixiy obidalarini ziyorat qilib, muzeylari bilan fikr almashildi.
Muxbir: Sayyohlar muzeyingizda aynan nimaga qiziqish bildirmoqda?
Muzeyimizga tashrif buyurgan sayyohlar bizning xalqimiz madaniyati, san'atining barcha jabhalariga qiziqish bildiradi. Ayniqsa 13 sentabr kuni ochilgan O‘tov ko‘rgazmasi nafaqat xorijiy balki mahalliy sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
KUN.UZ tahririyati barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan noyob, nodir eksponatlarni, yurtimiz tarixi, madaniyati va san'ati durdonalarini tomosha qilishga hamda madaniy hordiq chiqarishga chorlab qoladi.
Mavzuga oid
16:05 / 17.10.2024
Misrda dunyodagi eng qimmat muzey ochildi. Uni qurishga qariyb 20 yil vaqt ketdi
20:41 / 08.10.2024
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
00:11 / 18.08.2024
Germaniyadagi muzeydan o‘g‘irlab ketilgan 124 mln dollarlik taqinchoqlar vataniga qaytarildi
16:28 / 17.08.2024