Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Suriyada yo‘qolib qolgan Il-20 bilan bog‘liq hodisaga aloqador emasligini bildirdi
Fransiyalik harbiylar Suriyada 17 sentabr kuni g‘oyib bo‘lgan Rossiyaning Il-20 samolyoti bilan bog‘liq hodisaga aloqador ekanliklarini rad etishdi. Bu haqda France Soir xabar bermoqda.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20’ning O‘rta Yer dengizi uzra g‘oyib bo‘lishi paytida Fransiyaga tegishli Auvergne fregatidan raketa uchirilgani qayd etilgani haqida xabar bergandi.
«Fransiya qurolli kuchlari ushbu hujumga qandaydir aloqador ekaniga oid tarqatilgan ma'lumotni rad etadi», - deya aytib o‘tdi Fransiya qurolli kuchlarining nomi oshkor etilmagan vakili.
Bundan avval Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi.
Shundan so‘ng CNN telekanali Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026