Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatçi bilan Suriya havo mudofaasi kuçlari tomonidan urib tuşirilgan bölişi mumkin. Bu haqda CNN telekanali AQŞ hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga köra, samolyot Isroil harbiy-havo kuçlarining hujumini qaytariş paytida tasodifan urib tuşirilgan. Hukumatdagi yana bir manbaning tasdiqlaşiça, Suriyaning Lataqiya viloyatiga zarbalar Isroil samolyotlari tomonidan berilgan.

Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yöqotgani xabar qilingandi.

Ma'lum qilinişiça, 17 sentabr keçki vaqt Suriya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari Lataqiya şahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning ta'kidlaşiça, hujum dengizdan amalga oşirilgan, bir neça raketa möljalgaça urib tuşirilgan.