«Xitoy 20 yillik savdo urushiga tayyor»
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 20 yil davom etishi mumkin. Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jyek Ma shunday prognoz bildirdi.
Uning fikricha, bunday savdo urushidan ikkala tomon ham hech narsa yuta olmaydi va savdoda yuzaga keladigan taranglik Xitoy kompaniyalariga ham, xorij kompaniyalariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Xitoy biznesi o‘rta muddatli istiqbolda AQSh tomonidan kiritilgan cheklovlarni aylanib o‘tish uchun o‘z mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
«Balki siz jangda yutarsiz, ammo urushda mag‘lub bo‘lasiz», — degan Ma Xanchjouda aksionerlar bilan uchrashuv chog‘ida. U yangi uzoq muddatli tartiblarga zarurat yuzaga kelganini qayd etib o‘tgan.
«Donald Tramp o‘rniga yangi prezident kelsa ham, bu davom etaveradi. Bizga savdoda yangi qoidalar kerak, Jahon savdo tashkilotini yangilash kerak», — degan u.
Milliarderning bu murojaati Xitoy Amerikaning qator mahsulotlariga nisbatan bojlarni oshirishi e'lon qilinganidan keyin berildi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning 200 milliard dollarlik mahsulotlariga 10 foiz miqdorida boj to‘lovi joriy etilishini e'lon qilgandi. Bu qaror 24 sentabrdan kuchga kiradi, 1 yanvardan esa tariflar 25%ga oshadi. Shu bilan birga Amerika yetakchisi agarda Xitoy javob choralarini ko‘radigan bo‘lsa, 267 milliard dollarlik mahsulotlarga boj joriy etishning uchinchi bosqichi boshlanishi mumkinligini bildirgan.
Xitoy esa 24 sentabrdan Amerikaning 60 milliard dollarlik mahsulotlariga savdo bojlari miqdorini oshiradi.
Mavzuga oid
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023