Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilliklar Il-20 bilan bog‘liq vaziyatda o‘zlarini razilona tutdilar – rossiyalik senator
Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov
Rossiya O‘rta yer dengizi ustida o‘ziga qarashli Il-20 razvedka samolyoti yo‘qolgach, Suriyadagi havo hujumi tizimini modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha elementlar qo‘shishi mumkin. Bu haqda Federal kengashning mudofaa qo‘mitasi a'zosi Frants Klintsevich aytib o‘tdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Il-20 halokatidan keyin Rossiya Suriyadagi harbiylarining xavfsizligini kuchaytirishini aytgan. Senatorning fikricha, gap Suriyaga yangi turdagi qurollarni yetkazish haqida ketmayapti. “Havo hujumiga qarshi takomillashgan tizim kelgusida Rossiyaga qarshi nodo‘stona harakatlarning oldini olish va jazolashga imkon beradi”, deb qo‘shimcha qilgan Klintsevich.
“Isroillik harbiylar yosh yigitlar, rossiyalik zobitlar hayotlari ortiga yashirinib, o‘zlarini razillarcha tutganlar”, deb ta'kidlab o‘tgan siyosatchi.
17 sentabr Moskva vaqti bilan soat 23:00da Suriyadagi Hmaymim bazasiga qaytayotgan Il-20 samolyoti bilan aloqa yo‘qolgan. Ma'lum qilinishicha, taxminan shu vaqtda Isroilning 4 ta F-16 qiruvchi samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyatidagi obektlarga zarba bergan. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, isroillik uchuvchilar Rossiya samolyoti ortiga yashirinib, uni Suriya havo hujumiga qarshi vositalari zarbasiga tutib bergan. Samolyot S-200 majmuasi raketasi bilan urib tushirilgan. Oqibatda 15 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Rossiya tomonining ta'kidlashicha, Isroil samolyotlari ataylab xavfli holatni yuzaga keltirgan. Aviatsiyani boshqarish vositalari Il-20 qo‘nayotgani sababli uni ko‘rmagan. Boz ustiga, Isroil Rossiyaning Suriyadagi qo‘shinlari qo‘mondonligini Lataqiyaga hujum qilmoqchiligidan xabardor qilmagan. Rossiya mudofaa vazirligi Isroil tomonining harakatlarini dushmanona deb baholab, tegishli javob harakatlarini amalga oshirishga haqli ekanini aytgan.
Mavzuga oid
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
22:35 / 05.02.2026
Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni yangi migratsiya siyosati haqida xabardor qildi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
18:27 / 05.02.2026