Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyodagi temir yo‘lning necha foizi O‘zbekiston hududidan o‘tadi?
Joriy yilning 20-21 sentabr kunlari Toshkentda mintaqa tranzit salohiyatini birgalikda rivojlantirish, xalqaro transport yo‘laklaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xalqaro tashuvlar jarayonidagi turli to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, me'yoriy-huquqiy baza va tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiyaning 2-sho‘'ba yig‘ilishida “Temir yo‘l transportini rivojlantirishning xalqaro va mintaqaviy tendensiyalari” mavzucida so‘z yuritiladi. Unda ishtirokchilar e'tiboriga,
- Jahon va Markaziy Osiyo temir yo‘l transporti infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari;
- Markaziy Osiyo davlatlari temir yo‘l tarmoqlariga axborot texnologiyalari, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy etish;
- Markaziy Osiyo temir yo‘l transporti infratuzilmasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro moliya tizimlari ishtirokidagi yangi loyihalarni ishga tushirish;
- Markaziy Osiyoda yangi temir yo‘l transport koridorlarini yaratish va mavjud koridorlarni takomillashtirish;
- Markaziy Osiyo temir yo‘l davlatlari temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikning yangi formatlari va usullari;
- Temir yo‘l tariflarini tartibga solish, shu jumladan O‘zbekistonning eksport qiluvchi korxonalariga nisbatan;
- Markaziy Osiyo temir yo‘l transporti infratuzilmasidan xorijiy davlatlarning dengiz portlariga chiqish uchun foydalanish;
- Markaziy Osiyo temir yo‘l transporti kommunikatsiyalari rivojlanishining kompleks muammolari va cheklovlari masalalari bo‘yicha turli xil davlatlardan kelgan mutaxassislarning ma'ruzalari havola qilinadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo‘llarining uzunligi 22 ming kilometrga teng. Mintaqadagi temir yo‘llarning qariyb 18 foizi O‘zbekiston hududidan o‘tadi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch va do‘stona muhit sharoitida transport loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bo‘lajak konferensiyada mintaqa transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, uni xalqaro transport xabiga aylantirish, Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan xalqaro transport yo‘laklarining tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
10:18 / 25.05.2026