QWERTY klaviaturasi şu qadar odatiy narsaki, bu haqida öylab ham körmaganmiz. Agar undagi harflar joylaşuviga diqqat bilan nazar solsak, u har qanday mantiqdan uzoq ekanini anglaymiz. Biroq uning örniga boşqasini ham tasavvur eta olmaymiz.

Harflar tasodifiy tarzda joylaşganga öxşaydi. Odatga köra, bu ilk texnologiyalarning yetişmasligi bilan izohlanadi. Aytişlariça, yozuv maşinalari endigina qöllanila boşlagaç, klaviaturadagi harflarni bir-biridan uzoqroq joylaştiriş kerak bölgan. Axir maşinkada teruvçi qiz boşqa harflarni ham bosib yuborişi mumkin edi-da! Bir qaraşda hozirgi köriniş mantiqiy bölib tuyuladi. Biroq«E» va «R»harflar birikmasi ingliz tilida köp tarqalganlik böyiça törtinçi örinda. Şuning uçun yoki tarix notöğri, yoki klaviaturani yaratgan kişi bu haqida öylamagan va katta xatoga yöl qöygan.
Xullas, QWERTY klaviaturasini kim işlab çiqqan? Bu Kristofer Latam Şoulz kişi edi. 1860 yillarda u kaşfiyotçi, harf teruvçi va jurnalist bölgan. Şuning uçun alfavit qanday tuzilganini yaxşi bilişi mumkin bölgan odamlardan biri edi. Biroq yozuv maşinkalarining köpçiligida harflar unga qadar alfavit ketma-ketligida bölgan. Şoulz Remington kompaniyasi bilan şartnoma imzolaganida özining QWERTY-klaviaturasini ham patentlagan. Bu voqea 1878 yilda sodir böldi. 1890 yillarga kelib, bu klaviatura özini ijobiy jihatdan namoyiş etdi va boşqa klaviaturalar orasida eng maşhuriga aylandi. Uni barça asosiy işlab çiqaruvçilar özlaştirişdi.

Biroq nima uçun?
Aql bovar qilmas nazariya şundan iboratki, QWERTYmashhurligiga işlab çiqaruvçilarning matn teriş kurslaridan daromad topiş istagi sabab böldi.
Yana bir nazariya borki, unga köra QWERTY klaviaturasi Morze alifbosi sabab tanildi.
Tasavvur qilib köring-a, 1890 yil. Siz simlar orqali taralayotgan Morze alifbosi kodini eşityapsiz. Işingiz eşitganlaringizni telegramma şaklida yozişdan iborat. Biroq simning narigi tomonidagi odamdan ortda qolmasligingiz kerak. Axir sizda töxtaş yoki orqaga aylantiriş tugmasi yöq. Boşidagi ayrim nuqtalar ketma-ketligi va tire bir xil. Masalan, kodning oxiriga qadar «Z» ni «SE» dan ajrata olmaysiz. Biroq öşa vaqtgaça simning narigi tomonidagi odam keyingi harfga ötib ketadi. Siz esa tez işlaşingiz kerak. Şunday qilib,«Z» va «SE»klaviaturada yonma-yon joylaşdi.











