Toucan ikkita mustaqil qismdan iborat bölib, har birida 21 tadan tugma joylaşgan. Öng tomonda 40 millimetrli dumaloq taçpad mavjud va u siçqonça örnini töliq bosadi.
Klaviatura ZMK oçiq kodli dasturiy ta’minoti asosida işlaydi — u klaviatura faol bölmaganida uyqu rejimiga ötadi va tegiş bilan darhol işga tuşadi. Şu tufayli 1500 mA·soat siğimli batareya bilan 4000 soatgaça, ya’ni deyarli yarim yil işlaş imkonini beradi.

Tugmalar ustunlari vertikal joylaşgan, bu esa uzoq yoziş paytida bilakdagi bosimni kamaytiradi. Korpus alyuminiy plastinka va 3D-printerda tayyorlangan plastmassadan yasalgan bölib, bu qurilmani bir vaqtning özida mustaxkam va yengil qiladi.

Toucan’da Kailh Choc V1 past profilli mexanik tugmalar işlatiladi — foydalanuvçi ularni bosiş hissiga qarab tanlaşi mumkin.
Qurilma uç xil şaklda taqdim etilgan: özingiz yiğiş imkonini beruvçi DIY-töplam — 189 dollar, tayyor, lekin tugmasiz va klaviş qopqoqsiz versiya — 298 dollar, töliq örnatilgan va işlatişga tayyor komplekti esa 352 dollar turadi.
Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.












