Klaviatura ayollar uçun möljallangan bölib, tugmalari turli pomada ranglarida — qizil, töq puşti va yana 6 xil tonda tayyorlangan. Yarim şaffof korpusi esa unga yanada nafis köriniş beradi. Eng e’tiborga loyiq joyi — Escape tugmasi. U mini pomada şaklida yaratilgan va haqiqiy bezakdek körinadi.

Lofree Lipstick ixçam ölçamda bölib, 84 ta tugmaga ega. Şu bilan birga, unda barça kerakli tugmalar — yönaltiriş, ovoz va multimedia boşqaruviga möljallangan tugmalar mavjud. Klaviatura Windows, macOS, iOS va Android tizimlari bilan işlaydi. Ulanişning uç xil usuli bor:

• USB-C kabeli orqali

• Bluetooth orqali

• 2.4 GHz wireless orqali

Simsiz rejimda klaviatura 1000 Hz tezlikda işlaydi, bu esa öyinlar uçun ham qulay.

Tugmalarni istalgan vaqtda almaştiriş mumkin, buni hot-swap tizimi ta’minlaydi. Içki tuzilmasi tovuşni yumşata oladi, şuning uçun yozganda klaviatura juda yoqimli va sokin tovuş çiqaradi.

Lofree şu uslubdagi kalkulyatorni ham işlab çiqargan. Unda LED ekran va 20 ta tugma mavjud. U ham alohida ulanadi va mustaqil işlaydi.

Narxiga keladigan bölsak, klaviatura taxminan 160 dollardan, kalkulyator esa 79 dollardan sotuvga çiqişi kutilmoqda.