Rossiya texnologiya universiteti olimlari klaviaturada matn teriş xususiyatlariga qarab foydalanuvçining şaxsini aniqlaydigan tizimni işlab çiqdi. Bu haqda Naked Science xabar bermoqda.

Yangi texnologiya şaxsning harflarni yoziş tezligi, bosiş dinamikasi, xatolar çastotasi va boşqa parametrlarni kuzatib boradi. Uşbu ma’lumotlar şablonlar bazasi bilan soliştiriladi. Agar körsatkiçlar mos kelsa, tizim şaxsni tasdiqlaydi. Klaviaturani bosiş uslubi özgartirilganda, şablon avtomatik ravişda yangilanadi.

Işlanma mualliflarining ta’kidlaşiça, yangi tizimning işlab çiqilişiga kiberxavfsizlik sohasidagi tahdidlarning kuçayişi sabab bölgan. Bundan taşqari, moduldan har qanday taşkilot: “kiçik firmalardan tortib yirik korporatsiyalargaça” foydalanişi mumkin.

Dasturçilar insonning jismoniy holati uning yoziş uslubiga qanday ta’sir körsatişini örganişni rejalaştirmoqda. Bu tizimning aniqligini oşiriş imkonini beradi, deyiladi Naked Science xabarida.

Avvalroq olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq başorat qiladigan sun’iy intellektni işlab çiqqandi.