Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya bilan Toshkentda jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi
2004 yilda Koreya Strategiya va moliya vazirligi KSP bilimlar almashish dasturini yo‘lga qo‘ydi, u hamkor davlatlar bilan Koreya Respublikasining tajribasini almashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rivojlanish va iqtisodiy hamkorlik bilimlariga asoslangan.
Koreya Strategiya va moliya vazirligi nazorati ostida «Korea EXIMbank» eksport-import banki Toshkentda jamoat transporti integratsiyalangan tizimini rivojlantirish uchun loyiha tashkil etmoqda.
Bugun poytaxt hokimligida Janubiy Koreyaning «KSP team» direktori Kyun Seo Park rahbarligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvda ushbu loyihani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi Mohir Valiyevning ta'kidlashicha, joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston mamlakat transport sohasi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasini injiniring kompaniyasini jalb etish hisobidan ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

- Shu munosabat bilan biz rejalashtirilgan dasturni amalga oshirish uchun xorijiy maslahatchini jalb etishni istaymiz, - dedi Mohir Valiyev. - Hozirda Koreya EXIMbank’i bilan hamkorlikda loyiha ishlab chiqmoqdamiz. Unga ko‘ra, EXIMbank shunday loyihalarni tatbiq etishda katta tajribaga ega bo‘lgan xalqaro professional kompaniyani jalb etishi, u Toshkentda yo‘lovchi transportini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishi nazarda tutilgan. Ta'kidlash joizki, buni Koreya tomoni ajratilgan grant asosida moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026