Jamiyat | 11:04 / 19.09.2018
30420
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda sinflardagi o‘quvchilar soni necha nafardan oshmasligi kerak?

Maktablarda sinflardagi o‘quvchilar soni 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan maktablarda, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida joylashgan maktablarda, shuningdek o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan maktablarda o‘quvchilar soni sinflarni to‘ldirishning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘quvchi kam bo‘lgan maktablarda (filiallarda) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I — IV sinflar;
o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf;
o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar)

Mavzuga oid