O‘zbekiston | 15:46 / 19.09.2018
3580
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda GAVI, JSST, YUNISEF ekspertlari ish olib bordilar

Joriy yilning 5 sentabr kuni O‘zbekistonga GAVI, JSST, YUNISEF tashkilotlaridan ekspertlar tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

Ekspertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari davolash-profilaktika muassasalarida aholi va bolalar o‘rtasida boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni oldini olishda immunizatsiya tadbirlari holati, 31ta davolash-profilaktika muassasalarida qizamiq va poliomiyelit yuqumli kasalliklarini chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, vaksinalarni emlash punktlariga yetkazib berilishi, bolalarni rejali emlash qamrovini o‘rganib chiqdilar hamda aholi orasida emlashning ahamiyati to‘g‘risida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari holatini so‘rovnomalar asosida baholadilar.

Vaktsinalarni xarid qilib olishni muntazam moliyalashtirish maqsadida Moliya  va Iqtisodiyot vazirliklari mutaxassislari bilan muzokaralar olib borildi.

14 sentabr kuni “Poytaxt Biznes” markazida xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengash azolari ishtirokida respublikada olib borilayotgan immunizatsiya tadbirlari holati muhokama etildi.

Ekspertlar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida immunizatsiya  tadbirlarini sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, vaksinalarni tashishda avtorefrijyeratorlar bilan ta'minlash, sovutkich jihozlari inventarizatsiyasini o‘tkazish, emlash qamrovi hisobotlarini kompyuter dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar berildi.

 

 

 

Mavzuga oid