23:20 / 20.09.2018
10736

Britaniya bosh vaziri o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati keltirildi

Britaniyaning The Telegraph nashri Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 15 nomzod nomi keltirilgan xizmat yozishmasini chop etdi.

Ta'kidlanishicha, Britaniya konservatorlar partiyasi vakillari ushbu hujjatga bir necha vazirlar nomlarini kiritishgan va ularning har biri nima uchun bosh vazir lavozimiga loyiqligini izohlab berishgan.

Nomzodlar orasida Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant, ichki ishlar vaziri Sojid Javid, xalqaro savdo vaziri Liam Foks, mudofaa vaziri Gevin Uilyamson, sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok, g‘aznachilik kansleri Filip Xemmond va Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha sobiq vazir Devid Devis bor. 

Bundan tashqari, hukumatga sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson boshchilik qilishi mumkin va u bu borada asosiy da'vogar sifatida keltirilgan.

Avvalroq Mey o‘z lavozimini 2019 yil martida tark etishi mumkinligi ma'lum qilingan. Deyarli 50 ga yaqin deputat Meyni Brexit bo‘yicha kelishmovchilik sababli o‘z lavozimidan chetlatishni muhokama qilmoqda.

Mavzuga oid
Top