“Qishloq qurilish bank” eng yaxshi hamkor deb e'tirof etildi
Joriy yilning 17-20 sentabr kunlari Toshkent shahrida “Islom taraqqiyot banki guruhi kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi O‘zbekistondagi o‘z hamkorlarini taqdirladi. Xususan, korporatsiyaning ko‘p yillik hamkori bo‘lgan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki eng ko‘p loyihalarni moliyalashtirgan bank sifatida e'tirof etildi va eng yaxshi hamkor nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Qishloq qurilish bank” va korporatsiya o‘rtasida imzolangan umumiy qiymati 21,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar doirasida yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bank tomonidan eng ko‘p loyihalar moliyalashtirilganligi yuqori baholandi.
Mazkur nufuzli tadbir yaratib bergan muloqot maydonidan foydalanilgan holda, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, Arab iqtisodiy rivojlanish Kuvayt jamg‘armasi va boshqa xorijiy hamkorlar bilan ham istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
ATB “Qishloq qurilish bank” o‘z xorijiy hamkorlari bilan birgalikda, kelgusida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlamoqda.
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Ma'lumot uchun:
Telefon: 71 150-93-39
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:55 / 27.12.2022
“Qishloq qurilish bank”: yutuqlarimiz asosi – ishonch!
10:26 / 08.10.2022
Jizzaxda ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi 1,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi
17:00 / 03.06.2022