O‘zbekiston | 14:50 / 20.09.2018
4151
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr iste'molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshiradi

Foto: O‘zbekenergo

19 sentabr kuni "O‘zbekenergo" AJ hamda Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi o‘rtasida “Elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha bitim imzolandi.

Unga ko‘ra, Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy ko‘magida Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida to‘liq avtomatlashtirilgan tizim joriy etish nazarda tutilgan. 

Mazkur qo‘shimcha bitim kelajakda butun respublika bo‘ylab ushbu loyihani amalga oshirish imkonini yaratadi.

Ta'kidlanishicha, ushbu loyihaning amalga oshishi natijasida elektr energiyasini yetkazib berishdagi isrof miqdori kamaytiriladi hamda iste'molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik o‘sishining oldi olinadi. 

Bitimni imzolash marosimida Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yun Vu Kvon, “KT Corporation” kompaniyasi, Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi hamda "O‘zbekenergo" AJ rahbariyati ishtirok etdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid