Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va YeI Kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
2018 yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa parlamentining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya Toshkent shahriga O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi shaklidagi muntazam parlamentlararo muloqot doirasida kelgan.
TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, ilm-ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalar holati va rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni qonunchilik sohasida qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
11:53 / 12.02.2026
Yevroparlament Ukraina uchun 90 mlrd yevro kreditni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026
Yevroparlament 2040 yilgacha YeIning iqlim maqsadlari haqidagi qonunni qabul qildi
09:48 / 11.02.2026