Iqtisodiyot | 20:58 / 20.09.2018
5973
2 daqiqa o‘qiladi

Visa va Mastercard chakana sotuvchilarga 6,2 mlrd dollar to‘laydigan bo‘ldi

Foto: TASS

Visa, Mastercard va Amerikaning qator banklari to‘lovlardagi yuqori komissiyalar tufayli boshlangan sud jarayoniga yakun yasashdi. Ular chakana sotuvchilarga 6,2 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters.

2005 yilda ko‘rib chiqilishi boshlangan da'voga ko‘ra, Visa va Mastercard chakana sotuvchilar har bir tranzaksiyada operatsiya uchun to‘laydigan komissiyani oshirib AQShdagi federal antimonopoliya qonunini buzganlikda ayblangandi.  

Kelishuvga ko‘ra, Visa, Mastercard hamda JP Morgan Chase, Bank of America va Citigroup banklari 2012 yilda chakana sotuvchilarga to‘lashga rozi bo‘lgan 5,3 milliard dollarga qo‘shimcha ravishda yana 900 million dollar to‘laydi. Mastercard 108 million, Visa esa anchagina ko‘proq pul to‘laydi.

Visa’ning umumiy summadagi ulushi 4,1 milliard dollarga yaqin, deb xabar beradi RBK.

Visa va Mastercard avvalroq ish bo‘yicha 7,25 milliard dollar miqdoridagi kelishuvga erishgan, ammo 2016 yilda hujjat AQSh oliy sudi tomonidan rad qilingandi.

 

Mavzuga oid