Kaliforniyaga tarixdagi eng kuchli zilzila xavf solayotgani ma'lum qilindi
Massachusets universiteti olimlari Kaliforniyadagi San-Andreas yorig‘i bo‘ylab bir necha oydan beri minglab yer osti mikrosilkinishlari bo‘layotganini aniqlashdi. Bu silkinishlarning kelib chiqishi tabiati na seysmologlar, na boshqa olimlarga ma'lum.
Yuqori seysmik faollikda uzoq vaqt noodatiy holat kuzatilmagan, biroq San-Bernardino vodiysida qayd qilingan “vertikal” yer silkinishlari avval hech qachon qayd qilinmagan.
Tinch okeani va Shimoliy Amerika litosfera plitalari o‘rtasidagi San-Andreas yorig‘i uzunligi 1300 kmni tashkil qiladi. Yoriq butun Kaliforniya bo‘ylab cho‘zilib ketgan va 2 marta yirik zilzilaga olib kelgan. Olimlarning aytishicha, plitalarning siljishi yoki fanga ma'lum bo‘lmagan, ancha chuqurroqdagi jarayonlar 8 va undan ko‘proq magnitudali zilzila keltirib chiqarishi mumkin.
Kaliforniyada San-Andreas yorig‘idan tashqari, “tektonik bomba” – Bay Area deb ataluvchi markaziy hududlar bo‘ylab o‘tuvchi Xeyvord yorig‘i aniqlangan. Bay Area sohilbo‘yi hududi bo‘lib, uning ichiga San-Frantsisko ham kiradi. Superzilzila yuz bersa, Los-Anjyeles ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Mavzuga oid
11:53
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024
Turkiya sharqida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
15:31 / 14.10.2024