Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MAN Auto-Uzbekistan yangi yuk mashinasi modelini taqdim etadi
MAN Auto-Uzbekistan 21 sentabr kuni MAN TGS 19.400 4X2 Efficient Line yuk mashinasi yangi modelini taqdim etadi.
Toshkentda 20 sentabr kuni O‘zbekistondagi transport sohasida birinchi xalqaro konferensiya - «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» ochiladi. 21 sentabr kuni tadbir doirasida konferensiya ishtirokchilari «MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish maqsadida Samarqandga tashrif buyuradilar.
MAN’dan ta'kidlashlaricha, yangi shatakchilar nafaqat xalqaro tashuvlar standartlari talablariga javob beradi, balki o‘z tejamkorligi bilan logistika kompaniyalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini kamaytirish imkonini beradigan butunlay yangi texnik yechim ham bo‘ladi.
Mashinaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uni ishlab chiqarish jarayonida innovatsion ishlanmalarni qo‘llash mumkin. Masalan, TIPMatic (MAN TipMatic) robotlashtirilgan uzatmalar qutisi, SmartShifting funksiyasi va «Efficient Line» maxsus aerodinamik to‘plam.
Mavzuga oid
12:29 / 06.06.2026
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
08:45 / 15.05.2026
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
10:54 / 18.12.2025